17 Avgust 2021 yil 558

Yozyovon tumanida “ogʻu” yetishtirayotgan shaxs fosh boʻldi

Yozyovon tumani. 7-avgust kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Markaziy Fargʻona MFY hududida yashovchi Q.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 14 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech