28 Aprel 2023 yil 382

Yozyovon tumanida marixuana giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Yozyovon tumani. 2023-yil 17-aprel kuni Yozyovon tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Suvliariq mahalla hududida yashovchi M.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yotoqxonasidagi divan tagidan “Marixuanna” giyohvandlik moddarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech