20 Noyabr 2021 yil 846

Yozyovon tumanida qimorxona tashkil etgan shaxs qoʻlga olindi

Yozyovon tumani. 17-noyabr kuni tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan, Yuqori Soyboʻyi MFY hududida yashovchi Q.K yashash xonadonida 3 nafar shaxslarga qimor oʻynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 32 dona oʻyin kartasi va 870000 soʻm miqdoridagi pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Q.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi
(qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech