17 Sentyabr 2021 yil 389

Yozyovon tumanida fuqarodan terak daraxtlarini sotib olgan shaxs pullarini bermadi

Yozyovon tumani. 12-sentabr kuni Istiqlol MFY hududida yashovchi R.A IIBga murojaat qilib, unda 10-avgust kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan terak daraxtlarini 8.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 200.000 soʻm pullarini berib, terak daraxtlarini kesib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan terak daraxtlarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech