28 Avgust 2021 yil 446

Yozyovon tumanida aka-ukalar ikki bosh qoramolni sotib olib egasiga pullarini berishmadi

Yozyovon tumani. 16-avgust kuni R.A IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning fevral oyida ikki nafar noma’lum shaxslar bir guruh boʻlib, tumanda joylashgan chorva bozorida ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan ikki bosh qoramolini 14.800.000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 5.600.000 soʻmini berib, qolgan 9.200.000 soʻm pullarini ikki kun muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib qoramolini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.N. va birga yashovchi ukasi D.Sh.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech