Yoz mavsumida fuqarolar va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari tashkil qilindi
Yoz mavsumida yurtimizning barcha hududlaridan, xatto, xorijiy mamlakatlardan ham sayyohlar Fargʻonaga oqib keladi. Viloyatimiz fuqarolari ham jazirama issiqda dam olish va hordiq chiqarish uchun mazkur hududlarga boradilar.
Shularni hisobga olgan holda Fargʻona viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan dam olish maskanlari va ularga olib boruvchi yoʻllarda fuqarolar va turistik yoʻnalishlarda sayyohlar xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Kun kecha viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, podpolkovnik Farruxbek Oʻsarov tomonidan yoʻriqnoma oʻtkazilib, Fargʻona tumanidagi Shohimardon, Vodil, Satkak hamda Avval turistik qishloqlari yoʻnalishlariga qoʻshimacha kuch va vositalar jalb etildi.
Mazkur hududlarda yoʻl patrul xizmati, patrul-post xizmati xodimlari dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun xizmatga kirishdilar.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.