30 Mart 2020 yil
701
Eski qutidan topilgan qurol
Beshariq tumani. 2020 yil 26 mart kuni Qashqar mahallasida yashovchi R.I. tuman IIBga murojaat qilib, marhum bobosidan qolgan, eski temir buyumlar saqlanadigan quti ichidan 3 dona, “TOZ” rusumli ov quroli oʼqlarini topib olganligini bildirib, ularni oʼz ixtiyori bilan topshirgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 248-moddasida (Qurol, oʼq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) qurol va oʼq-dorilarni oʼz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi koʼrsatib oʼtilgan.
Qonunga muvofiq R.I. oʼqlarni oʼz ixtiyori bilan topshirganligi sababli, jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati