28 Mart 2022 yil
406
Eski omborxonadan topilgan qurol
Oʻzbekiston tumani.Joriy yilning 24-mart kuni Uchbulak MFY hududida yashovchi fuqaro Q.J IIBga murojaat qilib, yashash xonadonidagi eski omborxonani buzayotgan vaqtida bobosidan qolgan TOZ rusumli ov miltigʻini topib olganligini bildirib, uni oʻz ixtiyori bilan topshirgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 248-moddasida (Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) qurol va oʻq-dorilarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi koʻrsatib oʻtilgan.
Qonunga muvofiq fuqaro Q.J ov miltigʻini oʻz ixtiyori bilan topshirganligi sababli, jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati