Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida yangi tizimni yaratish – ustuvor vazifa
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Q.Quranbayev rahbarligida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishning yangi tizimini yaratish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Fargʻona shahar Ichki ishlar boshqarmasi katta majlislar zalida tashkil etilgan studiyada viloyat hokimi oʻrinbosarlari – F.Qosimov, K.Kavlonova, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik F.Oʻsarov, shuningdek, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi boshliqlari ishtirok etdilar.
Tuman va shaharlardagi studiyalarda hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha hamda oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, tuman va shaharlar ichki ishlar boʻlimi boshliqlari va boshqa tashkilotlar vakillari qatnashdilar.
Yigʻilishda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida yangi tizimini yaratish, bu jarayonda amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng ustuvor vazifalar haqida soʻz yuritilib, aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.