4 Oktyabr 2022 yil 383

Er va xotinning plastik kartasini oʻgʻirlab, pullarini yechib olgan shaxs ushlandi

Furqat tumani. M.S IIBga murojaat qilib, unda 18-sentabr kuni noma’lum shaxs nomiga tegishli bank tomonidan berilgan va turmush oʻrtogʻi nomiga berilgan plastik kartalaridan jami 4.100.000 soʻm miqdordagi pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni E.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech