27 Fevral 2025 yil
4171
Yo‘llarda sodir bo‘layotgan holatlarning eng achinarlisi bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalaridir
Ularni yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlari bo‘yicha muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Farg‘ona shahar 45-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan profilaktik suhbat esa o‘quvchilarning ota-onalari bilan o‘tkazildi. Ularga viloyat hududida bolalar ishtirokida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari misol sifatida keltirilib, farzandlariga yo‘llarda harakatlanish tartib qoidalarini tushuntirishlari, ularni nazoratsiz qoldirmasliklari yetkazildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati