E’LON!
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar organlari jamoat хavfsizligi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi profilaktika inspektori lavozimiga ishga kirish istagi bo‘lgan yoshi o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, Respublika oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatni o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan (zaxiradagi ofitser), Farg‘ona viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolar ishga qabul qilinadi.
Mazkur soha bo‘yicha ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar 2023 yil 12 iyul kunidan 22 iyul kuniga qadar Farg‘ona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni viloyat IIBning Farg‘ona viloyati IIB(https://t.me/faruvd) telegram kanalidan olishingiz mumkin.
Eslatma: Nomzodlar o‘zlari bilan biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi bilan) harbiy guvohnomasi diplomi hamda doimiy yashash joyi bo’yicha ro’yhatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog’lig’ining holati haqida ma’lumotnoma (bo’yining balandligi bo’yicha antropometrik parametri ko’rsatilgan holda) olib kelishlari talab etiladi!
Manzil: Farg‘ona shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi 13-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (73) 244-15-56