10 Mart 2023 yil 1472

ELON!

Fargʻona viloyati Ichki ishlar organlari jamoat havfsizligi xizmatining voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog lavozimlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshi oʻttiz yoshdan katta boʻlmagan, Respublika oliy ta’lim muassasalarini psixologiya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, hozirgi kunda amaliy ish stajiga ega boʻlgan, boʻyi 165 sm.dan past boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatni oʻtagan yoki oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni oʻtgan (zaxiradagi ofitser), Fargʻona viloyati hududida doimiy roʻyxatda turuvchi fuqarolarni ishga qabul qiladi.

Mazkur soha boʻyicha ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar 2023 yil 9 aprel kuniga qadar Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

Qabul boʻyicha toʻliq ma’lumotlarni viloyat IIBning Fargʻona viloyati IIB (https://t.me/faruvd) telegram kanalidan olishingiz mumkin.

Eslatma: Nomzodlar oʻzlari bilan biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi bilan) harbiy guvohnomasi hamda diplomini olib kelishlari talab etiladi!

Manzil: Fargʻona shahar, Alisher Navoiy koʻchasi 13-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (73) 244-15-56


FARGʻONA VILOYATI IIB MANAVIY-MARIFIY ISHLAR VA KADRLAR BILAN TAMINLASH XIZMATI

Text to speech