29 Avgust 2022 yil 6984

Fargʻona viloyati IIB ekspert-kriminalistika tizimi xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Koʻrik-tanlovda shahar va tumanlar ichki ishlar boshqarma va boʻlimlari ekspert-kriminalistika guruhlari xodimlarining intellektual, jismoniy va jangovar tayyorgarligi 3 ta shart asosida sinovdan oʻtkazildi.

Soha vakillarining ma’naviy-ma’rifiy hamda xizmatga oid tajriba va koʻnikmalari tekshirildi. Bundan tashqari, avtomatik qurol va toʻpponchani toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻishga doir malakalarini namoyish qildilar.

Shuningdek, hakamlar hay’ati ekspertlarning sohaga doir maxsus bilimlarni qay darajada egallaganliklari, faoliyat davomida erishgan natijalari, xizmatga oid me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, huquq va majburiyatlar hamda tergov-tezkor guruhining vazifalaridan qanchalik xabardorliklarini sinovdan oʻtkazdilar.

Koʻrik-tanlov yakunida gʻoliblar va faol ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandi.

Endi ular koʻrik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etishadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech