11 Avgust 2023 yil 3911

DIQQAT E’LON!

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari xizmatiga nomzodlar tanlovini e'lon qiladi

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligi xizmatining profilaktika inspektori lavozimlariga ishga kirish istagi bo‘lgan yoshi o‘ttiz yoshdan katta bo‘lmagan, Respublika oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, bo‘yi 165 sm.dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatni o‘tagan yoki oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan (zaxiradagi ofitser), Farg‘ona viloyati hududida doimiy ro‘yxatda turuvchi o‘g‘il bolalar ishga qabul qilinadi.

Mazkur soha bo‘yicha ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar 2023 yil 15 avgust kuniga qadar (shanba va yakshanba kunlari ham qabul qilinadi) Farg‘ona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni viloyat IIBning telegram kanalidan olishingiz mumkin.  

Eslatma: Nomzodlar o‘zlari bilan biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi bilan) harbiy guvohnomasi hamda diplomini olib kelishlari talab etiladi!

Manzil: Farg‘ona shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi 13-uy. 

Ma’lumot uchun telefon: (73) 244-15-56

Farg‘ona viloyati iib ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

 

Text to speech