13 Aprel 2023 yil 733

Diqqat eʼlon!

Inspektor-psixolog lavozimlariga qabul jarayoni muntazam davom etadi

Fargʼona viloyati Ichki ishlar organlari jamoat havfsizligi xizmatining voyaga yetmaganlar masalalari boʼyicha inspektor-psixolog lavozimlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshi oʼttiz yoshdan katta boʼlmagan, Respublika oliy taʼlim muassasalarini psixologiya mutaxassisligi boʼyicha tamomlagan, hozirgi kunda amaliy ish stajiga ega boʼlgan, boʼyi 165 sm.dan past boʼlmagan Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatni oʼtagan yoki oliy oʼquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni oʼtgan (zaxiradagi ofitser), Fargʼona viloyati hududida doimiy roʼyxatda turuvchi fuqarolarni ishga qabul qiladi.

Mazkur soha boʼyicha ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar Fargʼona viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

Qabul boʼyicha toʼliq maʼlumotlarni viloyat IIB ning Fargʼona viloyati IIB (https://t.me/fviib_uz) telegram kanalidan olishingiz mumkin.

Eslatma: Nomzodlar oʼzlari bilan biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi bilan) harbiy guvohnomasi hamda diplomini olib kelishlari talab etiladi!

Manzil: Fargʼona shahar, Alisher Navoiy koʼchasi 13-uy.

Maʼlumot uchun telefon: (73) 244-15-56

FARGʼONA VILOYATI IIB MAʼNAVIY-MAʼRIFIY IShLAR VA KADRLAR BILAN TAʼMINLASH XIZMATI

Text to speech