“Trikotaj mahsulotlari pulini bir kunda beraman...”
Uchkoʻprik tumani. Fuqaro X.A IIBga murojaat qilib, 2021-yilning iyun oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan trikotaj mahsulotlarini 3.360.000 soʻm evaziga sotib olishga kelishib, pullarini bir kun muddatda berishna aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan trikotaj mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati