Dehqon bozorida telefon apparatini oʻgʻirlatgan ayol IIBga murojaat qildi
Fargʻona shahar. M.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 27-sentabr kuni noma’lum shaxs shahar markazida joylashgan dehqon bozorida narxi 2.400.000 soʻmlik “Самсунг А-30” rusumli telefon apparati hamda uni orqa gʻilofida boʻlgan 700.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati