16 Aprel 2022 yil 504

Dangʻarada ayol kishi qarovsiz qolgan telefonni oʻgʻirlab ketdi

Dangʻara tumani. 2022-yilning 30-mart kuni Toʻlaboy MFYda yashovchi fuqaro M.Z. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Doimobod MFY hududida joylashgan toʻyxonadagi stol ustida qarovsiz qolgan katmoni ichidan narxi 1.600.000 soʻmlik “Samsung A-20” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 169-modda 1-qismi bilan jinoiyat ish qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi I.D ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech