Dangʻara tumanidagi dala yer maydonida qarovsiz turgan 1 bosh qoramolni oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Dangʻara tumani. 19-oktabr kuni T.M IIBga murojaat qilib, unda 18-oktabr kunidan 19-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Qashqar qishlogʻi hududida joylashgan dala yer maydonida boʻlgan narxi 3.000.000 soʻm boʻlgan bir bosh qora molini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati