8 Oktyabr 2022 yil 412

Dangʻara tumanida yonida “ogʻu” saqlagan shaxs aniqlandi

Dangʻara tumani.2022-yilning 26-sentabr kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Uvaysiy hududida joylashgan bank oldida A.J toʻxtatilib, uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilayotgan vaqtda u yonida boʻlgan 1 dona qora rangli “gashish” giyohvandlik moddasini yerga tashlab yuborganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech