2 Noyabr 2022 yil 357

Dangʻara tumanida telefon apparatini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Dangʻara tumani.Fuqaro N.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 12-avgust kuni noma’lum shaxs narhi 2.500.00 soʻmlik “Teсno” rusumli telefon apparatini vaqtincha foydalanib qaytarish sharti bilan telefon apparatini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib ketib yuborganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech