Dangʻara tumanida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Dangʻara tumani. 2023-yilning 09-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, T.I ismli ayol Katta aravon qishlogʻi hududida 1.000.000 soʻm pul evaziga gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati