Dangʻara tumanida talonchilar qoʻlga olindi
Dangʻara tumani.2022-yilning 29-noyabr kuni Katta-Amirobod mahalla hududida yashovchi M.B, voyaga yetmagan S.Sh va J.B.lar guruh boʻlgan holda Taptiqsaroy mahalla hududida “Nexia” rusumli avtomashinasida yoʻl chetida ketayotgan S.T.ni toʻxtatib hayoti va sogʻligi uchun xafli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, uning bir dona narxi 1.350.000 soʻmlik “REDMI 9А” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati