7 Fevral 2023 yil
372
Dangʻara tumanida “ogʻu” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Dangʻara tumani. 2023 yilning 01 fevral kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta Aravon mahalla hududida oʻzini shubxali tarzda tutgan X.E.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati