Dangʻara tumanida “Nexia 3” avtomashina haydovchisi “МAN” yuk avtomashinasi bilan toʻqnashishi oqibatida vafot etdi
Dangʻara tumani. 04-mart kuni haydovchi K.I “Nexia 3” rusumli avtomashinasini Teleming MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi V.A. boshqaruvidagi “МAN” rusumli yuk avtomashinasi bilan toʻqnashib ketishi oqibatida, “Nexia 3” rusumli avtomashina haydovchisi K.I hodisa joyida joyida vafot etgan hamda yoʻlovchisi P.J tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar!
Yoʻl harakati qoidalariga amal qiling. Yoʻl qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati