9 Iyun 2023 yil 376

Dangʻara tumanida kiyim javonida “ogʻu” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Dangʻara tumani. 2023-yilning 09-may kuni Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Dangʻara tumani Katta minglar qishlogʻi hududida yashovchi X.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni yotoqxonasidagi kiyim javonida bir dona tselofan paket parchasiga oʻralgan gashish giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech