Dangʻara tumanida IIO xodimiga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlib, haqorat qilgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Joriy yilning 14-mart kuni Dangʻara tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori fuqaro chaqiruviga asosan tumanning Katta boyvucha mahallasi hududidagi xonadonlardan biriga borganida, u yerda fuqaro A.E. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, mast holatda mayda bezorilik harakatlarini sodir etayotganligi ma’lum boʻlgan.
Profilaktika inspektori A.E.ni tinchlantirishga uringan paytda uning oʻgʻli B.E profilaktika inspektoriga qoʻpol munosabatda boʻlib, uning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini oyoq osti qiluvchi soʻzlar bilan qasddan haqorat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.