Dangʻara tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Dangʻara tumani. 2022-yilning 09-noyabr kuni soat 23:00 larda, tuman IIB xodimlari tomonidan Katta Minglar mahalla hududida yashovchi X.Z.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, oʻzi oʻtirgan xonasidagi xontaxta ustida bir dona gashish giyohvandlik vositasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati