4 Aprel 2023 yil
382
Dangʼara tumanida “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʼlga tushdi
Dangʼara tumani. 2023 yilning 30 mart kuni tuman IIB JXX HPB xodimlari tomonidan Furqat koʼchasida oʼzini shubxali tutgan А.U toʼxtatilib yoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʼara tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati