5 Oktyabr 2021 yil 386

Dangʻara tumanida futbol oʻyingohida qarovsiz qolgan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Dangʻara tumani. 25-sentabr kuni R.A. IIBga murojaat qilib, unda 01-sentabr kuni noma’lum shaxs Barzangi qishlogʻida joylashgan futbol oʻyingohida qarovsiz qolgan 2.500.000 soʻmlik “Редми Нот-9” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech