Dangʻara tumanida fuqaroni pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Dangʻara tumani. 20-iyul kuni P.Z. IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning may oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tegishli bank hisob raqamida 320.000 AQSH dollari miqdoridagi pullari borligini va ushbu pullarini naqdlashtirganidan soʻng qaytarib berish sharti bilan 10.800 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.D. sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati