8 Noyabr 2021 yil 396

Dangʻara tumanida avtomashina sotib olmoqchi boʻlgan fuqaro pullariga aldandi

Dangʻara tumani. 2020-yilning mart oyida Q.A tanishi S.B.ning ishonchiga kirib, narxi 9.300 AQSH dollarlik “Гентра” rusumli avtomashinasini pullarini boʻlib toʻlash evaziga sotishligi va oldindan 2.000 AQSH dollarini berganidan soʻng avtomashinani olib kelib berishligini aytib, 2.000 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi1 –qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech