Dangʻara tumanida xonadondan pul oʻgʻirlagan jiyan qoʻlga tushdi
Dangʻara tumani. Katta Boybuchcha mahalla hududida fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 30-dekabr kunidan 31-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadoni yotoqxonasidagi divan tagida boʻlgan turli kupyuradagi 2.080.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni jabrlanuvchining jiyani A.D sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati