23 Aprel 2022 yil 391

Dangʻara tumani “koʻknori” giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelayotgan shaxs fosh boʻldi

Dangʻara tumani.19-aprel kuni tuman IIB JQB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta-turk MFY hududida yashovchi M.U.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 30 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarni parvarish qilib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech