24 Oktyabr 2022 yil 403

Dangʻara tumanida xonadonida “ogʻu” saqlagan shaxs fosh boʻldi

Dangʻara tumani.2022-yilning 13-oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbiri davomida Katta minglar mahalla hududida X.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, molxonasida 3 dona 3-litrlik shisha bankada, 3 dona 1 litrlik shisha bankada hamda 1 dona oq rangli tselafan qopda marixuana giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech