Dangʼara tumanida gashish giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan erkak aniqlandi
Dangʼara tumani. 2023 yilning 08 aprel kuni tuman IIB JQB va Probatsiya guruhi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Mangʼit mahalla hududida yashovchi, K.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidagi divan yostigʼi ostida bir boʼlak, shkafidagi qora kurtkasi ichki choʼntagida bir boʼlak gashish giyohvandlik moddalarni saqlayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʼara tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2 -qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati