7 Sentyabr 2024 yil 1231

Dang‘ara tumanida tungi xizmat tashkil etilib, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda hududlarda bir qator tadbirlar amalga oshirildi

Tadbir davomida tumandagi ko‘ngilochar joylar, oshxonalar, aholi ko‘p to‘planadigan markazlarda huquqbuzarliklarning va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda fuqarolar tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulklarini qarovsiz qoldirmaslik bo‘yicha xizmatlar tashkil etildi.

Shuningdek ko‘ngil ochar jamoat joylari tekshirilib belgilangan vaqtda yopilish choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari, huquqbuzar fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183,185,187-moddalariga asosan 10 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, bemaqsad yurgan fuqarolarning shaxsiga oydinlik kiritilib, profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida 4 ta huquqbuzarliklar aniqlandi.

IIB xodimlari tomonidan Probatsiya  hisobida turib, ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan 3 nafar shaxslarning yashash joylari  tekshirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech