31 Yanvar 2022 yil 474

Quva tumanida “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan pul va uyali telefon apparati oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Quva tumani. 16-yanvar kuni fuqaro Q.Sh IIBga murojaat qilib, unda 15-yanvar kuni noma’lum shaxs Paxtakor MFY hududida joylashgan avtomashinalar turar joyida qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi orqa eshigini kalit tanlash yoʻli bilan ochib, avtomashina qutisida boʻlgan 1.000.000 soʻm va narxi 1.500.000 soʻmlik “Samsung А-22” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech