“Damas” rusumli avtomashina salonidan pul oʻgʻirlatgan erkak IIBga murojaat qildi
Margʻilon shahar.Fuqaro I.B IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 30-noyabr kuni noma’lum shaxs shahar markazida joylashgan buyum bozori oldida qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan 4.000.000 soʻm pullari va 30 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.Gʻ sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati