5 Dekabr 2022 yil 458

Buvayda tumanida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

Buvayda tumani.2022-yilning 25-noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Pishagʻar mahalla hududida yashovchi M.X.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, 1 (bir) litr shisha bankaga solingan oʻtkir hidli “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech