Chorak yakuni sarhisob qilindi
Fargʻona viloyati IIB JXX HPB tomonidan joriy yilning 1 choragi davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sarhisobiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Tadbirda Huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda Probatsiya boshqarmasi rahbariyati, tegishli mutaxassislar bilan birga viloyat sudining sudyalari ham ishtirok etdilar.
Anjumanda profilaktika inspektorlari ish yurituvidagi materiallarni sudlarga yuborishda uchrayotgan mavjud muammolar koʻrib chiqildi. Bu muammolarni sud organlari bilan hamkorlikda bartaraf etish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.
Bundan tashqari, probatsiya boʻlimlari hisobida turadigan mahkumlar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, nazoratdagi shaxslar ishtirokida qayta jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida tegishli tavsiyalar berildi.
Yigʻilishda ta’kidlanganidek, profilaktika inspektorlari tomonidan 2022-yilning 3 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻygan kamchiliklar reyting rizimi orqali baholanib borilmoqda.
Ushbu reyting tizimi orqali faoliyati ijobiy baholangan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarini namunali bajarib kelayotgan 31 nafar profilaktika inspektorlari tanlab olinib, ragʻbatlantirish uchun taklif berildi.
Aksincha, reytingda past koʻrsatgichlarga erishgan 31 nafar profilaktika inspektorlariga nisbatan esa intizomiy jazo choralari koʻriladigan boʻldi.
Onlayn anjumanda profilaktika xizmati ichki ishlar organlarining xalq bilan eng yaqin, eng mas’uliyatli boʻgʻini ekani alohida ta’kidlanib, Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan qoʻyilayotgan talablarga javob berish uchun “mahallabay”, “oilabay”, “fuqarobay” usullarda ish olib borish kerakligi qayd etildi.
Yigʻilish yakunida chorak yakunlaridan tegishli xulosa chiqarilib, ikkinchi chorakda ishni sifat jihatdani yanada yaxshilashga kelishib olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati