18 Iyul 2022 yil
435
Chet elga ishlashga joʻnatishni va’da qilib fuqaroni aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2021-yilning iyun oyida S.D ismli shaxs fuqaro Yu.B.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali Janubiy Koreya davlatiga ishga joʻnatishini aytib, 10.000 AQSH dollar pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati