29 Mart 2023 yil 381

Ijtimoiy tarmoq orqali mineral oʻgʻit sotib olmoqchi boʻlgan fuqaro 11.389.000 soʻm pullariga aldandi

Fargʻona shahar. Fuqaro M.O IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 13 fevral kuni telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi kanali orqali nomaʼlum shaxs bilan tanishib, unga mineral oʻgʻit oldi sottisi bilan shugʻullanishligini aytib, pullarini oldindan oʻtkazib bersa unga mineral oʻgʻit yuborishligini vaʼda qilib aldab, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi hisobida boʻlgan 11.389.000 soʻm pullarini u oʻzi yuborgan raqamiga tushirib bergan vaqtida uni tarmoqdagi kanaldan bloklab qoʻyib, firibgarlik yoʻli bilan pullarini qoʻlga kiritganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech