Buyum bozorida telefon apparatini oʻgʻirlatgan shaxs IIBga murojaat qildi
Margʻilon shahar. Fuqaro A.F IIBga murojaat qilib, unda 17-sentabr kuni noma’lum shaxs Qashqar mahalla hududida joylashgan buyum bozoridagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 3 500 000 soʻmlik “Samsung А-51” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, undan “Самсунг A-51” rusumli telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati