25 Sentyabr 2021 yil 249

Buvayda va Dangʻara tumanlarida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

24.09.2021-yil kuni Buvayda tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.J.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Dangʻara tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Dangʻara tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan qidiruv e’lon qilingan B.D.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech