10 Fevral 2023 yil 421

Buvayda tumanida yuk mashinasining ehtiyot qismlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Buvayda tumani. Fuqaro T.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 27 yanvar kunidan 28 yanvar kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan narhi 1.400.000 soʻmlik yuk mashinasi ehtiyot qismlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan S.E sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech