Buvayda tumanida xonadonida gashish giyohvandlik moddasi saqlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Buvayda tumani.25-mart kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shodlik MFY hududida yashovchi X.Z.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadoni oshxonasida boʻlgan tokcha ustidan bir dona qora rangli sintetik selofanga solingan 16,37 gramm gashish giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati