18 Sentyabr 2021 yil 397

Buvayda tumanida “Vaz-2101” rusumli avtomashinasini sotib olib, pullarini bermay aldagan shaxs qoʻlga tushdi

Buvayda tumani. 14-sentabr kuni A.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning fevral oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Vaz-2101” rusumli avtomashinasini 12.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pulini oʻn kun muddatda berishini aytib, avtomashinani olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pulini oʻz ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech