27 Yanvar 2022 yil 474

Buvayda tumanida ustaxonadan 6 dona suv nasoslarni oʻgʻirlagan shaxslar aniqlandi

 

Buvayda tumani. 18-yanvar kuni fuqaro X.U IIBga murojaat qilib, unda 16-yanvar kunidan 17-yanvar kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Oqqoʻrgʻon qishlogʻida joylashgan elektr jixozlarini tuzatish ustaxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib ustaxonada boʻlgan 6 dona 2.500.000 soʻmlik nasoslarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Z.O va E.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech